Dunyodagi eng baland bino qaysi?
Dunyodagi eng baland binolar — osmono’par imoratlar — AQShda joylashgan. Eng balandi — Nyu-Yorkdagi “Empay Steyt bilding” — 1929-1931 yillarda bunyod etilgan. Uning balandligi — 381 m. 1951 yilda bino ustiga teleminora o’rnatildi va uning qaddi-basti 442 m ga yetdi. Mazkur osmono’par imoratda 102 ta qavat bor. Mabodo siz, yuqoriga piyoda ko’tarilmoqchi bo’lsangiz, naq 1860 ta pillapoyani bosib o’tishingizga to’g’ri keladi. Yaxshisi, 63 ta liftlarning biridan foydalanganingiz ma’qul. Ichkarida 1 000 dan ziyod firmalarning ofisi joylashgan, ularda 25 000 kishi ishlaydi, shulardan 1 000 nafari binoga xizmat ko’rsatadi. Osmono’parda 6 500 ta deraza bor. Nyu-Yorkda Eyfel minorasidan baland tag’in ikkita imorat bor, — ularning balandligi 412 va 324 m.
Manba
Mo’jiza kitobning 3-jildi
Uzpedia.uz