Dunyo yanada odil boʻlishi mumkin
„Dunyo yanada odil boʻlishi mumkin“ (turkcha: Daha Adil Bir Dünya Mümkün) Recep Tayyip Erdoğan qalamiga mansub yetti tilda nashr etilgan kitobdir.
Mavzusi
Dunyo 5 dan katta degan falsafa bilan yoʻlga qoʻyilgan kitobda dunyo kelajagiga taʼsir qiladigan sohalarni faqat besh davlatning ixtiyoriga topshirish toʻgʻri emasligi taʼkidlangan. Kitob barqaror va adolatli dunyo uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining vazifalariga toʻxtalib oʻtadi.
Kitobda; Adolatsizlik, korruptsiya, qochqinlar inqirozi, dunyoning Yaqin Sharqda sodir boʻlayotgan voqealarga tomoshabinlik bilan qarashi, xalqaro terrorizm va islomofobiya kabi global muammolar koʻrib chiqiladi.
Mazkur kitob „Yangi asr avlodi“ nashriyoti tamonidan oʻzbek tiliga „Dunyo yanada odil boʻlishi mumkin“ nomi bilan 2000 nusxada chop etilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org