Dunyo kitobi ensiklopediyasi
„
World Book Encyclopedia “ (talaffuzi: Uorld Boʻk Ensayklopidiya), „
Dunyo kitobi ensiklopediyasi “ — AQSHda chop etiladigan universal ensiklopediya. Ensiklopediya nashriyotiga koʻra, „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ „jahondagi eng bozori chaqqon bosma ensiklopediyadir“. Ensiklopediyada ilmning asosiy sohalari muntazam tartibda yoritilgan. Xususan, ilm, texnika va tibbiyot sohalari boʻyicha maqolalar ayniqsa chuqur yozilgan. „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“da maqolalar soddaroq ingliz tilida yozilgan. Bunga qaramasdan, mavzular juda chuqur yoritilgan. „Oilaviy“ ensiklopediya oʻlaroq sotiladigan ensiklopediya 15 yoshdan yuqori oʻquvchilarga moʻljallangan.
Ensiklopediya nashriyoti Illinois shtatidagi Chicago shahrida joylashgan. Birinchi nashri 1917-yil chop etilgan va 8 jilddan iborat boʻlgan. Oʻsha paytdan beri har yili yangi nashr chiqarilib kelinmoqda. Faqat 1920-, 1924- va 1932-yillardagina yangi nashr chiqarilmagan. 1929-yilgi (13 jild), 1947-yilgi (19 jild), 1960-yilgi (20 jild) va 1988-yilgi (yangi font va sahifa dizayni hamda 10 000 ga yaqin muharrir oʻzgartirishlari) nashrlarda katta oʻzgartirishlar kiritilgan.
1917-yilgi nashrni Hanson-Roach-Fowler Company (talaffuzi: Henson-Rooʻch-Fauler Kompani) chop etgan. Ikki yil ichida Dunyo kitobi W.F. Quarrie & Company (talaffuzi: Dablyoʻ Ef Kuori end Kompani) mulkiga aylangan. 1945-yil „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ Field Enterprises (talaffuzi: Fiild Enterprayzes) qoʻliga oʻtgan. 1978-yil Berkshire Hathaway (talaffuzi: Berkshayer Hatavey) xolding kompaniyasining boʻlimi Scott Fetzer (talaffuzi: Skot Fetzer) „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ni sotib olgan.
Tarixi
„Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ning birinchi nashri 1917-yil chop etilgan. 1917-yilgi nashrni Hanson-Roach-Fowler Company (talaffuzi: Henson-Rooʻch-Fauler Kompani) chop etgan. Ikki yil ichida Dunyo kitobi W.F. Quarrie & Company (talaffuzi: Dablyoʻ Ef Kuori end Kompani) mulkiga aylangan. 1945-yil „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ Field Enterprises (talaffuzi: Fiild Enterprayzes) qoʻliga oʻtgan. 1978-yil Berkshire Hathaway (talaffuzi: Berkshayer Hasavey) xolding kompaniyasining boʻlimi Scott Fetzer (talaffuzi: Skot Fetzer) „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ni sotib olgan.
Hozirgi kunda „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ elektron koʻrinishda Microsoft Windows va Applening Mac OS Xi uchun ham chiqariladi. 1998-yili ensiklopediyaning kitob va CD-ROM nashrlaridan tashqari „Dunyo kitobi onlayn izlash markazi“ (inglizcha: „World Book Online Reference Center“) deb nomlanuvchi onlayn nashri ishga tushgan.
Jildlar
Ensiklopediyaning birinchi nashri 8 jildli boʻlgan va 1917-yil nashr qilingan. 1918-yil jildlar soni 10 ga yetgan. 1918-yil davomli tahrir qilish metodi kirgizilgan. 1925-yildan boshlab har yili yangi nashr chiqarila boshlangan. 1929-yilgi nashri 13 jildda boʻlgan. 1933-yilgi nashrida boʻlsa jildlar soni 19 ga yetgan. 1960-yilgi nashr 20 jildli qilib chop etilgan. 1971-yildan beri „Dunyo kitobi“ 22 jildda chiqarilib kelyapti.
Yillar davomida „Dunyo kitobi“ning dizayni oʻzgacha boʻlib kelmoqda. Boshqa ensiklopediyalardan farqli oʻlaroq, „Dunyo kitobi“ alifbo harflariga moslashtirilib har xil qalinlikdagi jildlarda chop etiladi. Koʻp jildlar faqat bitta harf boʻyicha mavzularni qamraydi. Juda koʻp maqolaga ega harflar („C“ va „S“) ikki jildga boʻlingan. Yonma-yon joylashgan va ozroq maqolaga ega harflar („J“—„K“, „N“—„O“, „Q“—„R“, „U“—„V“ va „W“—„Z“) bir jildda berilgan. Ensiklopediya muharrirlari muhim maqolalarni koʻpincha alohida sahifada ajratib berishgan.
Qamrovi
22 jildli „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“da har qanaqa mavzu boʻyicha maʼlumot berilgan. Jugʻrofiya va biologiya boʻyicha maqolalar juda keng yoritilgan. Biznes, psixologiya, davlat, energiya, ekologiya va kriminologiya boʻyicha maqolalarga keng yondashilgan. AQSH haqidagi maqolalar ayniqsa juda ham keng koʻlamli qilib yozilgan. Maqolalarda matn bilan birga koʻplab rasm, jadval, diagrammalar berilgan. Masalan, AQSH haqidagi maqolalarda shtat qushi va shtat daraxti kabi mavzular yoritilgan maʼlumot qutilari berilgan. AQSH prezidentlari haqidagi maqolalarda oʻsha prezident ishlagan paytda boʻlib oʻtgan muhim tarixiy voqealar boʻyicha vaqt shkalalari berilgan.
„Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ oʻzini sotuvdagi eng zamonaviy ensiklopediya deb ataydi. Maqolalarining 33 foizi har yili tahrirlanadi. Ensiklopediyada vizual materiallar juda koʻp berilgan. Dizaynning uchdan birini koʻrish uchun materiallar egallaydi. Shulardan 80 foizi yuqori sifatli rangli tasvirlardir. Ensiklopediyada bir maqoladan ikkinchisiga yoʻnaltirish keng qoʻllanilgan. Kitobda 150 000 dan oshiq soʻz kiritilgan katta analitik indeks ham berilgan.
Oʻquvchilar „Dunyo kitobi“dan boshqa umumiy mavzudagi ensiklopediyalar kabi doklad yozishda keng foydalanishadi. Har bir maqola soʻnggida oʻsha maqola boʻyicha savollar va izlanish uchun qoʻshimcha maʼlumot manbalari keltirilgan. AQSHdagi aksar maktab kutubxonalarida „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ bor. AQSH davlati rivojlanayotgan mamlakatlardagi maktablarga ensiklopediyaning nusxalarini hadya qilgan. Masalan, Qirgʻizistondagi ber necha maktabga „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ AQSH davlati tomonidan sovgʻa qilingan.
Alternativ nashrlar
1961-yil „Dunyo kitobi“ning koʻzi ojizlar uchun Braille shriftidagi nashri chiqarilgan. Bu nashr 145 jildli va 40 000 ga yaqin sahifali boʻlgan. Kompaniya bu nashrni tayyorlashda ketgan xarajatlarni qoplay olmasligini bilsa ham xayriya sifatida chiqaravergan. Bu nashrning barcha toʻplamlari koʻr odamlar tashkilotlariga hadya qilingan. 1964-yil kompaniya ensiklopediyaning katta harflar bilan yozilgan nashrini ham chop etgan.
1980-yil „Dunyo kitobi“ audioyozuv qilib chiqarilgan birinchi ensiklopediya boʻldi. Bu nashr kassetalarda chiqarilgan va bu kassetalar uchun maxsus pleyer tayyorlangan.
Ensiklopediyaning Macintosh va Windows komputerlari uchun boʻlgan elektron nusxasi 1990-yil chiqqan. Ammo oʻsha paytda mavjud boʻlgan ikkinchi CD-ROM ensiklopediya boʻlmish „Akademik Amerika ensiklopediyasi“ (inglizcha: „Academic American Encyclopedia“) kabi muvaffaqiyatga erishmagan.
1992-yil Shimoliy Amerikadan tashqarida yashovchi ingliz tilida soʻzlashuvchilarga moʻljallangan xalqaro nashr ham chiqarilgan.
1998-yildan beri 22 tomli, 13 800 betli ensiklopediyaning kitob va CD-ROM nashrlaridan tashqari „Dunyo kitobi onlayn izlash markazi“ (inglizcha: „World Book Online Reference Center“) deb nomlanuvchi onlayn nashri ham ishlab kelyapti. Onlayn nashrda bosma nashrda berilgan barcha maqolalar bilan birga bir necha ming qoʻshimcha maqola berilgan. Yana onlayn versiyada „Dunyo kitobi“ 1992-yildan beri chiqarib kelgan har bir yilnoma ham berilgan.
Raqamli multimedia ensiklopediyasi
„Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ elektron koʻrinishda Microsoft Windows va Applening Mac OS Xi uchun ham chiqariladi. Elektron nashrlarda 22 jildli ensiklopediyadagi barcha matn berilgan. Bundan tashqari, elektron versiyada rasmlar, videolar, uch oʻlchamli manzaralar va ovozlar ham bor. Maqolalarda toʻliq matn, multimedia fayllar, maqola rejasi, izlanish uchun yordam va kerakli maʼlumotga ishoratlar berilgan. Obuna boʻlganlar onlayn yangilanishlar va muntazam ravishda har oy haqida qisqacha maʼlumot olishlari mumkin.
Apple yangi komputerlarda OS X operatsion sistemasi oʻrnatilganda „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ning nusxasini qoʻshib sotgan. Bu nashr Mac uchun moslashtirilgan boʻlgan. Masalan, osonroq interfeys, Bonjour programmasi orqali savol-javob (inglizcha: „Trivia Challenge“) oʻyini, muharrirlar maʼqullagan veb kameralar toʻplami, Notepad, soʻzlashish funksiyalari, „Bugungi kun tarixda“ (inglizcha: „This Day in History“), „Mediya oynasi“ (inglizcha: „Media Showcase“) va „Tarixchi“ (inglizcha: „Historian“) funksiyalari boʻlgan. Hozirda bu funksiyalar ensiklopediyaning Windows uchun moʻljallangan nusxalarida ham bor. 2007-yildan beri ensiklopediyaning Windows va Mac elektron versiyalarini Software MacKiev
(talaffuzi: Softveyr Makiyev) kompaniyasi tayyorlab kelmoqda.
Boshqa bogʻliq bosma loyihalar
„Dunyo kitobi“ning boshqa mahsulotlari quyidagilardir:
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org