Dunyo bo'ylab 80 kun
Dunyo boʻylab 80 kun (inglizcha: Around the World in 80 Days) 2021-yilda ekranlarga chiqarilgan animatsion filmdir. Cottonwood Media studiyasi tomonidan ishlangan, StudioCanal tomonidan esa tarqatilgan. Film rejissorlari — Samuel Tourneux, ssenariy mualliflari — Gerry Swallow hamda David Michel. Filmda bosh qahramonlarga Damien Frette, Julien Crampon, Kaycie Chase, Céline Ronte, Véronique Augereau, Emmanuel Garijo, Gabriel Le Doze, Serge Biavan, Mickaël Aragones hamda Grégory Quidel ovoz bergan.
Mazmuni
Film boshida maymuncha Passepartout tushida sayohatga ketayotganini koʻradi va toʻsatdan uygʻonib ketadi. Uygʻonganidan soʻng u sayr qilish uchun koʻchaga chiqadi va yoshligidan sayohatga qiziqganini hamda sarguzashtlarga oid koʻplab kitoblar oʻqiganligini oʻylaydi. U ancha vaqtdan buyon sayohatga chiqishni orzu qilar edi biroq unga onasi toʻsqinlik qilar edi. Hattoki oyisi bu qiziqishlarini koʻrib shu orolga koʻchib kelgan edi. Bandargohda oʻtirgan vaqtida uzoqdan syorfing tayogʻida sayr qilib kelayotgan qurbaqani koʻrib qoladi. Qurbaqaning chagʻalaylarga yem boʻlishiga bir bahya qoladi. Maymuncha Passepartout qurbaqani qutqarib qoladi. Shovvoz qurbaqani ismi Phileas Frog edi. U dunyoni 80 kunda aylanib chiqishini aytib garov oʻynaydi va maymunchani olib ketishga vadda beradi. Tunda qandaydir portlash sodir boʻladi. Ertalab tongda agent bankka keladi hamda toʻsatdan qurbaqa oʻgʻirlikka tushganini aytadi hamda kema tomon yoʻlga chiqadi. Phileas Frog esa 80 kunda dunyoni aylanish uchun yoʻlga chiqadi Passepartout esa olaman oldida sharga oʻxshab dumalaba kemaga yetib oladi. uning ortidan agent Fix yetib keladi buni koʻrgan maymun va qurbaqa juftakni rostlab qoladi. Ular dengizga sakraydi va syorfing tayogʻida yoʻlni davom ettiradi.
Ovoz berganlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org