Dunyo boʻylab
Dunyo boʻylab — Oʻzbekiston Milliy Teleradikompaniyasi tarkibidagi telekanal. Dunyo Boʻylab telekanali Oʻzbekiston Respublikasi hududida 100% toʻliq eshittirishlarni amalga oshiruvchi davlat telekanali hisoblanadi.
Tashkil etilishi
2012-yil 1-yanvardan Dunyo Boʻylab telekanali Madaniyat va Maʼrifat telekanali bilan birgalikda oʻz eshittirishlarini O'zbekiston hududi boʻylab taqdim eta boshlagan.
Dunyo boʻylab telekanali haqida
Dunyo boʻylab telekanali Oʻzbekiston aholisi uchun tarix, geografiya, iqtisodiy geografiya, milliy iqtisodiyot, turizm, arxeologiya va ekologiyaga doir koʻrsatuvlar tayyorlab tamoshabinlarga taqdim etib kelmoqda. Dunyo boʻylab telekanali jahonning yetakchi telekanallarining geografiya, ekskursiya, jahon mamlakatlarining zamonaviy rivojlanish istiqbollari, jahon xalqlarining oʻziga xos va mos milliy urf odatlari maʼdaniyatlari va sayyohlik salohiyatiga doir bir qancha hujjatli filmlarini litsenziya asosida taqdim etib kelmoqda. Shuningdek Dunyo boʻylab telekanali Oʻzbekistonning tabiiy geografiyasi, sayyohlik salohiyati, turizm istiqbollari, mamlakat boʻylab ekskursiyalarga doir bir qancha hujjatli filmlarni efirga uzatmoqda. Hozirgi kunda telekanal dunyoning 40 dan ortiq mamlakatida suniy yoʻldosh orqali oʻz eshittirishlarini uzatib kelmoqda.
Maqsadlari
Telekanal yosh avlod uchun Oʻzbekistonning oʻsimlik, hayvonot dunyosi, tabiati, aholi etnografiyasi, davlatning tarixiy obidalari, qadamjolarini oʻrganish va yosh avlodga ularni muhofaza qilishga chorlash maqsadida ilmiy ommabop koʻrsatuvlar tayyorlab kelmoqda. Shuningdek telekanal tamonidan aholining ekologik maʼdaniyatini oshirish, mintaqadagi ekologik muommolarni bartaraf etish, millatlararo doʻstlik rishtalarini bogʻlash, Oʻzbekiston aholisiga mamlakatning noyob sayyohlik salohiyati, ekologik turizmning rivojlanishi va imkoniyatlari haqida axborot berib borish asosiy vazifalari sanaladi.
Dunyo boʻylab telekanalining mashhur koʻrsatuvlari
Dunyo boʻylab telekanali koʻrsatuvlari asosan geografiya, siyosat, mamlakatshunoslik, turizm, jahon iqtisodiyoti va ekologiyaga doir koʻrsatuvlaarni efirga chiqarib kelgan.
Jahon iqtisodiyotiga doir
Geografiyaga doir
Turizmga doir
Ilmiy koʻrsatuvlarga doir
Telekanaldagi oʻzgarishlar
Dunyo boʻylab telekanali tashkil etilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish va mamlakat boʻylab Oʻzbekistonning turistik jozibadorligini keng targʻib qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligiga (hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va maʼdaniy meʼros vazirligi) biriktirilgan. Telekanal xorijiy va mahalliy sayyohlarga oʻzbek, rus va ingliz tillarida koʻrsatuvlar tayyorlab taqdim etib kelmoqda. Telekanal oʻz eshittirish va dasturlarini 2022-yil may oyidan boshlab rus tilida 70% koʻrsatuvlar, 30% esa ingliz tilida taqdim etmoqda. Ushbu holat mahalliy tamoshabinlarning nisbatan noroziliklariga sabab boʻldi.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org