Dunyo aholisi




Dunyo aholisi maʼlum bir vaqtda Yerda yashovchi barcha odamlar sonining umumiy yigʻindisidir. 2022-yil noyabr holatiga koʻra, dunyo aholisi taxminan 8 milliard kishidan oshiqdir.

1970-yillarga qadar dunyo aholisi giperbolik tarzda oʻsgandi; 1990-yildan boshlab esa, dunyo aholisining oʻsish surʼatining sekinlashuvi kuzatilmoqda, 1990-yilda oʻsish 87,4 millionni tashkil etgan boʻlsa, 2000-yillardagi oʻrtacha oʻsish 1963-yilga nisbatan qariyb ikki baravar kamaydi.

BMT maʼlumotlariga koʻra, 1994-2014-yillarda 60 yoshdan oshgan odamlar soni ikki baravar koʻpaydi va 2014-yilga kelib dunyoda qariyalar soni besh yoshgacha boʻlgan bolalar sonidan oshib ketdi. CIA World Factbook ning 2020-yil boʻyicha maʼlumotlariga koʻra, Yaponiya dunyodagi barcha mamlakatlar orasida eng yuqori oʻrtacha yoshiga ega — 48,6. 2020-yil holatiga koʻra, Yaponiya aholisining 29,18 foizi 65 yoshdan oshgan.

2009-yilda insoniyat tarixida birinchi marotaba shahar aholisi soni qishloq aholisi soniga tenglashdi va 3,4 milliard kishini tashkil qildi. Kelakakda ham, shahar aholisi dunyo aholisining ortib borayotgan qismini tashkil etishi kutilmoqda (yaʼni, shahar aholisi butun dunyo aholisidan tezroq oʻsishda davom etadi). 2020-yil holatiga koʻra, dunyo aholisining 56,2 % shaharlarda istiqomat qiladi. BMT tadqiqotlariga koʻra 2050-yilda dunyo aholisining 68,6 foizi shaharlarda istiqomat qiladi.

Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda dunyo aholisi 7,674 milliard kishini tashkil etdi.

2020-yil koʻrsatkichlari boʻyicha dunyo aholisining 59,5 foizi Osiyoda, 17,2 foizi Afrikada, 9,6 foizi Yevropada, 8,4 foizi Lotin Amerikasida, 4,7 foizi Shimoliy Amerikada, 0,5 foizi Okeaniyada istiqomat qiladi. 2050-yilda, BMT dunyo aholisining 55,8 foizi Osiyoda, 26,3 foizi Afrikada, 8,0 foizi Lotin Amerikasida, 7,5 foizi Evropada, 4,5 foizi Shimoliy Amerikada, 0,6 foizi — Okeaniyada yashaydi deb taxmin qilmoqda.

2014-yilda BMT va Vashington universiteti olimlari 2100-yilga kelib Yer aholisi 11 milliard kishiga yetadi degan xulosa kelishgandi. Vashington universiteti olimlarining keyingi (2020) hisob-kitoblariga koʻra, 2100-yilga kelib dunyo aholisi 8,8 milliard kishini tashkil qiladi.

Aholi soni boʻyicha dunyodagi eng yirik davlat — Xitoy, ikkinchi oʻrinda Hindiston turadi. 1991-yilgacha Sovet Ittifoqi aholi soni boʻyicha uchinchi oʻrinda turar edi, u parchalanganidan keyin, 2006-yildan keyin 300 milliondan ortiq aholiga ega Amerika Qoʻshma Shtatlari uchinchi oʻrinni egalladi. Indoneziya va Pokiston aholi soni boʻyicha toʻrtinchi va beshinchi oʻrinlarda; Nigeriya, Braziliya, Bangladesh, Rossiya mos ravishda oltinchi, ettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi oʻrinlarni egallagan.[⇨]

Milliardlar




Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra, dunyo aholisi soni yillar kesimida quyidagi qiymatga ega:

Jamgʻarma baʼzi bolalarni shartli ravishda sayyoramizning 5, 6 yoki 7 milliard aholisi deb eʼlon qilib Shartli Tadbirlar tashkil qilib turadi.

Gollandiyaning matematika va informatika markazining statistik mutaxassisi Piter Grunvaldning taxminiy hisob-kitoblariga koʻra, insoniyatning 162 ming-yillik tarixida Yerda 107 milliarddan ortiq odam tugʻilgan.


Aholi soni boʻyicha dunyodagi eng yirik davlatlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz