DUNXUAN
DUNXUAN — Xitoydagi qadimgi shahar, Gansu provintsiyasining chekka g’arbida. Dunxuan 1-ming yillikda Xitoyni Janubiy va G’arbiy Osiyo orqali Yevropa bilan bog’laydigan Buyuk ipak yo’lida muhim manzil bo’lgan. Dunxuandan 14 kilometr Janubi-g’arbda g’orlarga joylashgan budda monastiri — Syanfodun (“mingta Budda g’ori”; 353-366) bor. 480 ga yaqin g’or saqlanib qolgan (eng kattasi Mogao, 366). 1899 yil g’orlardan birida Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo va kichik Osiyo yarim orolida yashagan xalqlar tilida yozilgan 20 mingdan ortiq qo’lyozma topilgan. 1907 yil bu topilmalarning ko’p qismi A. Steyn ekspeditsiyasi tomonidan Angliyaga olib ketilgan va Britaniya muzeyiga topshirilgan, bir qismi Pekin kutubxonasida saqlanmoqda.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz