DUNTINXU



DUNTINXU — Xitoy sharqidagi ko’l. Szyanxan tekisligida, Yantszi daryosining ung sohil vodiysida joylashgan. Qirg’oklari past, botkrklashgan. Maydoni qish oylarida 4-5 ming kilometr kvadratdan yoz oylarida 10-12 ming kilometr kvadratga yetadi. Suv sathi mavsumiy, 10-15 metrgacha o’zgaradi. Chuqurligi 8 metrgacha. Duntinxuga kema qatnaydigan Syantszyan, Yuantszyan, Lishuy va Szishuy daryolarining suvi quyiladi. Yantszi daryosi oqimini (5 ta irmog’i orqali bog’langan) tartibga solib turadi, yoz (may— sentabr) da daryoning 40 dan 60% gacha toshqin suvlarini qabul qiladi. Ko’lda kema qatnaydi, baliq ovlanadi. Duntinxu atrofida sholichilik bilan shug’ullaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz