DUNS SKOT (DUNS SCOTUS) IOANN



DUNS SKOT (DUNS SCOTUS) IOANN (taxminan 1266, Makston, Shotlandiya — 1308.8.11, Kyoln) — shotland sxolast ilohiyotchisi, faylasuf. Uning ta’limoti (skotizm) tomizmga qarshi edi. Foma Akvinskiyni keskin tanqid qildi. Falsafa bilan ilohiyotni birbiridan ajratishga, falsafani cherkov ta’qibidan xalos qilishga urindi. Duns Skotning qarashlari o’z davrida Rim papasi hukmronligiga qarshi qaratilgan kuchlar manfaatini yoqladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz