Dunning–Kruger effekti




Dunning–Kruger samarasi (talaffuzi: Danning–Kruger) kognitiv mayl tipi boʻlib, qobiliyatsiz shaxsning oʻz layoqatini oʻrtachadan yuqori, degan xato fikrlashida namoyon boʻladi. Boshqacha aytganda, Dunning-Kruger samarasiga duchor kishi saviyasi pastroq boʻlsa-da, oʻzini boshqalardan yuqori qoʻyadi. Ushbu samara qobiliyatsiz shaxslarning oʻz xatolarini aniqlay olmasliklari bilan izohlanadi.

Samara 1999-yili David Dunning va Justin Kruger tomonidan taʼriflangan. 2000-yili ular Layoqatsiz va bundan bexabar: Oʻz qobiliyatsizligini anglashdagi qiyinchiliklar qanday qilib oʻzini yuqori baholashga olib keladi nomli bu tadqiqotlari uchun psixologiya boʻyicha Ig Nobel mukofoti bilan taqdirlanganlar.

Shuningdek, Dunning-Kruger samarasining teskari holi: oʻzining layoqatlarini past saviyali, deb tanqidiy fikrlaydigan odamlarning qobiliyatlari aslida ular oʻylaganidan balandroq ekani kuzatilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz