DUNKAN (DUNCAN) AYSEDORA
DUNKAN (DUNCAN) AYSEDORA (1878.27.5, San-Frantsisko — 1927.14.9, Nissa) — amerikalik raqqosa. “Modern” raqs maktabi asoschilaridan. Mumtoz raqs maktabini inkor qilgan va “erkin harakat”ni targ’ib etgan. Yunon plastik harakatlaridan foydalangan, balet kiyimini yunonlarning ichki kiyimi — xiton bilan almashtirgan, oyoq yalang raqsga tushgan. 1921-24 yillar Rossiyada yashagan va Moskvada shaxsiy studiyasini tashkil etgan. 1922 yilda S. Yeseninga turmushga chiqib, sovet fuqaroligini qabul qilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz