Dunganai
Dunganlar (oʻzlarini laoxueyxuey yoki chjunyuanjin deb ataydilar) — Markaziy Osiyoda yashaydigan xalq. Qozogʻiston, Qirgʻiziston, qisman Oʻzbekistonda yashaydi. Dungan tilida gaplashadi. Dunganlar Xitoydagi xuey xalqi bilan etnogenetik jihatdan birdir. Dunganlar rus grafikasiga asoslangan oʻz yozuviga ega. Islomning sunna va shia mazhablariga eʼtiqod qilishadi. Dunganlar ajdodlarining kelib chiqishi fanda hali uzil-kesil hal qilingan emas. Baʼzi olimlar Dunganlar arablar bilan aralashgan xitoylar, baʼzilar esa Xitoyga kelib oʻrnashib qolgan fors, turk qabilalari deb hisoblaydi. "Dungan" nomi Sinszyan viloyatida 18-asrda paydo boʻlib, Xitoyning ichki viloyatlaridan koʻchib kelib, oʻtroklashib qolgan harbiy xizmatchilar, savdogarlar, xunarmandlar va boshqani ifodalagan (baʼzan "Dungan"ning etimologiyasini tun gan — hammasi Gan-sudan" yoki dvun yanjin — "Xitoyda yashovchilar" deb talqin etadilar). Xitoyning Gansu, Shensi, Lanjou va boshqa viloyatlarida yashaganlar. 1861—78-yillarda Xitoyning shim.-gʻarbida Sin sulolasi zulmiga qarshi dehqonlar qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. Qoʻzgʻolonda Dunganlar va boshqa xalqlarning kambagʻal tabaqasi asosiy kuch edi (qarang Taypin qoʻzgʻoloni). Qoʻzgʻolon yengildi, natijada 1877—78, 1881—84-yillarda Dunganlar toʻda-toʻda boʻlib Qozogʻiston va Qirgʻiziston yerlariga qochib oʻta boshladi va shu yerlarda oʻrnashib qoldi. 20-asr boshlarida Dunganlar xalq boʻlib shakllandi, tili, madaniyati, adabiyoti va oʻz matbuotiga ega boʻldi. Dunganlar asosan, deqqonchilik (bugʻdoy, sholi, joʻxori, qand lavlagi, tamaki va boshqa), bogʻdorchilik, hunarmandchilik bilan shugʻullanadi.
Dunganlar ,
Tungonlar — Qirg'izistonda, Janubiy Qozog'iston viloyatida va Rossiyada yashashadi. Dungan va rus tillarida gapiradi. Ular — Markaziy Osiyo millatlari boʻlib, migratsiyalik koʻchish va savdo aloqalari bilan Xitoy yerida asta sekin shakllandi. Islom dinidagi millat vakillari. Dunganlar millat boʻlib, shakllanib, rivojlanishida, Xitoy tilini oʻz tilining yaqini deb tanladi. Dunganlar — Xitoy oz millatlari ichida xalq soni koʻp millatdir. 2000-yilgi sanoq natijasida, Xitoyda 9 million 816 ming 805 dunganlar bor ekan. Umumiy xalq soni tarafidan Xitoyda, Juan, Manjur va Uygʻur millatlaridan keyin 4-oʻrinda.
Manbalar
uz.wikipedia.org