Dungan Tili




Dungan tili — dunganlar tili. Sino-tibet tili oilasiga mansub. Bu til vakillari Shinjon viloyati (Xitoy) va Markaziy Osiyoda (asosan Qirgʻizistonda, qisman Qozogʻiston va Oʻzbekistonda) istiqomat qiladi. Dungan tilida taxminan 70 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi (1990-yillar oʻrtalari). Dungan tili tarkibida turkiy, arab, fors tillaridan oʻzlashtirilgan soʻzlar koʻp. Yozuvi kirill alifbosi asosida.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz