Dunbuloq




Dunbuloq — Qirgʻizistonning Oʻsh viloyatidagi qad. turar joy harobasi (Oʻzgandan 5 km shim.da, Yassi daryosining chap sohilida). Mayd. 30x270 m. Ichki qoʻrgʻonining mayd. 90x50 m. Uch tomoni xandaq bilan oʻralgan, toʻrtinchi tomoni jar. Arxeologik qazishlar natijasida D.ning qalin madaniy qatlami (10 m atrofida) ochilgan. U 3 bosqichdan iborat. Birinchisi mil. av. 3—1-asrlarga oid, undan chiziqli och qizil naqsh solingan kulolchilik buyumlari topilgan; ikkinchisi milodning dastlabki asrlariga oid; unda sopol idishlar bilan birga boʻrtma naqsh solingan idishlar, yorgʻuchoq, idish boʻyagich hamda tosh va suyaqsan ishlangan zeb-ziynat buyumlari koʻp uchraydi; uchinchisi 6— 8-asrlarga oid; bu bosqichda qoʻlda yasalgan va chiziqli, qabariq va kungurali naqshlar solingan idishlar tarqalgan. D. yodgorliklari Fargʻona vodiysi qabilalarining antik va ilk oʻrta davrlariga oid dehqonchilik madaniyatini aniklashga yordam beradi.

Adabiyot






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz