DUMPKAR (inglizcha dampcar) — yuklarni qisqa masofaga (2 kilometrgacha) tashib, o’zi ag’daradigan tepasi ochiq vagon. Dumpkarda kumir, ruda, qurilish materiallari va boshqalar tashiladi. Dumpkar kuzovi pnevmatik yoki gidravlik qurilma yordamida yukni yon tomonga ag’daradi. Dumpkarga 60-180 tonnagacha yuk ortish mumkin. Boshqa vagonlardan afzalligi shuki, u istalgan yukni 1,5 minutda ag’darishga imkon beradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish