DUMPER (inglizcha dump — ag’darmoq) — sochiluvchan yuk (qum, shag’al va boshqalar) larni yaqin (2 kilometr gacha) masofaga tashish uchun mo’ljallangan ixcham o’ziag’darar mashina. Chaqqonligi, ish unumdorligi yuqoriligi, yukni tez ortish va bo’shatish imkoni borligi, qayrilib olishi shart emasligi (ikkala yo’nalishda ham bir xil tezlikda harakatlana olishi) bilan oddiy (katta) o’ziag’darar mashinalardan farq qiladi. Dumper kuzovi haydovchi o’rindig’ining oldida joylashgan, haydovchining o’rindig’i buriladigan qilib yasalgan, boshqarish qurilmalari Dumperni orqaga ham haydashga imkon beradigan qilib tuzilgan. Dumper qurilishda, sanoat korxonalarida, aeroport va vokzallarda ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish