DUMPARAST



DUMPARAST, uzunquyruq (Terpsiphone-paradisi) — chumchuqsimonlar turkumining pashshaxo’rlar oilasiga mansub qush. Kattaligi chumchuqdek. Narining ikkita dum pati juda uzun, 50 santimetrgacha yetadi. Dumparast nomi shu tariqa yuzaga kelgan. Janubiy Manchjuriya va Primoredan O’rta Osiyogacha tarqalgan. O’zbekistonda (Farg’ona vodiysi, Toshkent, Samarqand, Surxondaryo viloyatlariga) kech bahorda kelib, kuz boshlarida uchib ketadi. Dumparast tog’ hamda tog’ etaklaridagi o’rmon va bog’larda yashaydi. Daraxtda uya quradi. 4-5 dona tuxum qo’yadi. Turli hasharotlar bilan oziqlanadi. O’zbekistonda alohida muhofazaga muhtoj.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz