DUMPALMA



DUMPALMA (Hyphaene) — palmadoshlar oilasiga mansub o’simliklar turkumi. 30 dan ortiq turi bor, ayniqsa, Afrikada, marda ko’p tarqalgan. Shox-shabbasi keng yoyilgan. Barglari shoxlarining uchida elpig’ichsimon joylashgan. To’pguli kuchalasimon, gullari ayrim jinsli, sarg’ish yoki qizil. Mevasi danakli, eti yumshoq, shirin. Dumpalmaning mashhur turlari: asl dum-palma (N. thebaica) va dasht dum-palmasi (N. coriacea). Asl Dumpalma Misrning Daryo sohillaridagi o’rmonlarda, dasht Dumpalmasi esa Sharqiy Afrika savannalarida, Madagaskar orolida o’sadi, ular tropik mamlakatlarda ko’plab ekiladi. Bargidan savat, bo’yra va chipta to’qiladi hamda to’shaklarga solinadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz