DUMLI QO’YLAR



DUMLI QO’YLAR – teri olish va juni uchun boqiladigan, dumba o’rnida 12-24 umurtqadan iborat dumi bo’lgan qo’ylar. Zotiga qarab dumi qisqa, oriq (“qotma”); uzun, oriq; qisqa, yog’li; uzun, yog’li bo’ladi. Romanov qo’y zotining dum umurtqasi 12 tagacha, yog’siz, echki dumiga o’xshash, reshetilov, tsigay va barcha merinos zotlarining dum umurtqasi 24 tagacha, uzun, qotma, sirti jun bilan qoplangan. Qorako’l qo’ylarining dumi yog’li, uzun, uchi deyarli yog’siz. Keyingi yillarda dumbali qo’ylar junini yaxshilash maqsadida merinos qo’ylari b-n chatishtirib qotma va yog’siz dumli duragay qo’ylar olinmoqda. Bu qo’ylar mahalliy sharoitga chidamli, junining sifati yaxshi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz