DUMLI AMFIBIYALAR



DUMLI AMFIBIYALAR (Caudata Urodela) — amfibiyalar sinfining bir turkumi. Dumli amfibiyalar Shimoliy yarim sharning o’rta mintaqasida, bir nechta turi Janubiy Amerikada tarqalgan. Hammasi bo’lib 150 ga yaqin turi bor. Ularning tashqi ko’rinishi kaltakesakka o’xshaydi. Dumi uzun, oyoqlari kalta, ba’zan rudiment xrlda (amfiumada), ba’zilari (siren)da oyoq bo’lmaydi. Oyoqlari suzishda ishtirok etmaydi. Tanasi va dumi yordamida suzadi. Bo’yi 100 santimetrcha. Siren, protey kabi turlarida jabra va yon chizig’i umrbod saqlanib qoladi. Terisi silliq, mayda shilimshiq bezli bo’ladi. Dumli amfibiyalar ko’pincha suvda yashaydi; ba’zilari faqat ko’payish uchun suvga tushadi. Ba’zi turlarida neoteniya sodir bo’ladi. Bir qancha turlarida ichki urug’lanish yuz beradi. Bunda erkagining spermatofori urg’ochisining kloakasidagi urug’lik xaltasiga tushadi. 2 tadan bir necha yuztagacha tuxum qo’yadi. Ba’zilari tirik tugadi yoki tuxumdan bola ochadi. Mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Suvda va nam yerlarda hayot kechiradi. Asosan, Shimoliy yarim sharning o’rta mintaqasida tarqalgan. O’zbekiston hududida Dumli amfibiyalar uchramaydi. Akvariumda tritonlar boqiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz