DUMG’AZA



DUMG’AZA (sacrum) — 1) beshta dumg’aza umurtqasidan tarkib topgan yaxlit suyak; 15-16 yoshgacha umurtqa oraliq tog’aylaridan iborat bo’ladi, keyinchalik suyaklanib, bir butun Dumg’aza suyagiga aylanadi. Dumg’azaning ikki yonboshidagi quloqsimon yuzasi yonbosh suyagining shu xil yuzasi bilan birlashib, chanoq bo’shlig’ini hosil qilishda ishtirok etadi. Dumg’aza umurtqalarining kesimtalaridan vujudga kelgan teshiklar orqali qon tomir va nervlar o’tadi; 2) hayvonlarda bir necha umurtqadan tuzilgan dum suyagi va ustidagi go’sht bilan yog’ ham Dumg’aza deb ataladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz