DUMBULLIK
DUMBULLIK — 1) don ekinlari urug’i (endosperm)ning yetilishi boshlanadigan faza; donning sut va mum pishish davri. Ekinlar gullaganidan 12-16 kun (sutka) o’tganidan keyin boshlanadi, 7-15 kun davom etadi. Bu vaqtda urug’da suv (50% ga qadar), eruvchan uglevodlar va azot birikmalari ko’p bo’ladi. Dumbullik davrida murtak to’liq shakllangan va endospermda oziq moddalar ko’p to’planadi; 2) pishmaganlik, xomlik, g’o’rlik (mevalarda).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz