DUMBA-JIGAR
DUMBA-JIGAR — yaxna taom. Qadimgi chorvador qabilalarning oshxonasiga mansub. Qozoq va qirg’iz pazandaligida “quyruq bovur” nomi bilan hozirgacha saqlanib keladi. Qo’yning dumba va jigari yaxlitligicha alohida-alohida idishlarda sust olovda dumba 45 minut, jigar esa 30 minut pishiriladi. Pishgan dumba va jigar sovutilgach, yaproq-yaproq (qalinligi 1-2 santimetr, eni 2-3 santimetr, uzunligi 4-5 santimetr) qilib kesiladi. Likobchada bir bo’lak jigar ustiga dumba qo’yilib, dasturxonga tortiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz