DUMBA



DUMBA — dumbali qo’y zotlarining dum ildizi va dumg’aza ostonasida, teri ostida hosil bo’luvchi yog’to’plami (dumba yog’i nomi bilan ma’lum). Dumbali qo’ylar 10-15 kilogrammgacha, bo’rdoqiga boqilganda o’ta semiz qo’chqorlar 40-45 kilogrammgacha Dumba yog’i to’playdi. Dumbali qo’ylar asosan qurg’oqchil va dasht iqlimli zonalarda boqiladi. Organizmda Dumba to’planishi xususiyati qurg’oqchil zona sharoitlariga moslashuv tarzida paydo bo’lgan. Yilning qulay kelishi va tabiiy o’tloqlarning serhosil mavsumlarida, yem-xashak ko’p bo’lgan sharoitlarda qo’ylar tanasida Dumba va boshqa yog’lar zaxirasini to’playdi. Qish fasli, noqulay ob-havo sharoitlari, ozuqa taqchilligi paydo bo’lganda Dumba oziq modda va suv manbai tarzida organizm ehtiyojlari uchun sarflanadi. So’yilgan qo’ylar Dumbasining yog’i o’zining to’yimliligi, mazasi bilan ayniqsa Eron, Afg’oniston, O’rta Osiyo mamlakatlarida qadrlanadi. Ad.: Amirov A. K., Myasosalnaya produktivnost oves, razvodimix v O’zbekistane, T., 1981.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz