Dumb Ways to Die




Dumb Ways To Die („Ahmoqona oʻlish yoʻllari“) — Avstraliyaning Melbourne shahrida joylashgan Metro Trains Melbourne tomonidan tashkil qilingan poyezdlar xavfsizligini oldinga suruvchi chaqiriq. Chaqiriq uchun tayyorlangan video odamlar orasida boʻlishish va ijtimoiy tarmoqlar orqali virus videoga aylandi.

Video



Videoni Pat Baron tayyorlagan, Julian Frost animatsiyalashtirgan, Cinnamon Darvall postanovkalagan. Video YouTubega 2012-yil 14-noyabrda yuklanib, ikki kundan keyin omma koʻrishiga ochilgan. Videoda „turli xil yoqimtoy obrazlarning oʻzlarini borgan sari ahmoqona yoʻllarda oʻldirishlari“ tasvirlangan. Video yakunida uch obraz poyezdlar oldida ehtioyotsizligi tufayli halok boʻladi. Video 48 soat ichida 2,7 million marta, 72 soat ichida 4,7 million marta koʻrildi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz