Dumar




Dumar  — Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Norin tumanida joylashgan qishloq. Uchqoʻrgʻon tumani tarkibida ham shu nomli qishloq mavjud.

Etimologiyasi



Fargʻona vodiysida yashagan qipchoq urugʻlaridan biri dumar (tumar) deb atalgan. Qishloq nomi shundan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Shu bilan birgalikda, qirgʻizlarning boʻston, joʻoʻkesek qabilalarining ham bir urugʻi dumar deb atalgan. Ayrim manbalarga koʻra, qishloq hududiga Fargʻona viloyatining Besarang qishlogʻidan bir guruh odam koʻchib oʻtadi hamda mazkur qishloqqa asos soladi. Ular orasida boʻlgan tojik millatiga mansub kishi bu hududda ikkita yirik ilonni koʻrib qolib, „Du mar“ deb qichqirgan. Shu tariqa qishloq nomi Dumor, Doʻmar boʻlib ketgan degan taxminlar mavjud.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz