DUMALOQKO’L – 1970 yillargacha Amudaryoning quyi oqimida mavjud bo’lgan ko’l. Maydoni 720 gektar, o’rtacha chuqurligi 2,5 metr bo’lib, maydonining 70%ni qamishzor tashkil etgan. Ko’l atrofini qalin to’qayzorlar o’ragan. Dumaloqko’l Amudaryoning kichik tarmoqlaridan kelgan suv hisobiga to’yingan. Ko’ldan tangabaliq, chavoq va qizilqanot baliqlar, ondatra ovlangan. Suv ostida vodorod sulfide gazi borligidan baliqlar qirilib turgan. Dumaloqko’l keyingi yillarda qurib qolgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish