DUM
DUM — umurtqali hayvonlar tanasining keyingi qismi. Dum suvda hayot kechiruvchi hayvonlarda tana bilan bir tekis qo’shilib ketgan dumsuzgichni hosil qiladi. Ko’pchilik quruqlikda yashaydigan hayvonlarda Dum harakatlanish funktsiyasini bajarmaydi, faqat sudralib yuruvchilar va dumli suvda va quruqlikda yashovchilar Dumi harakatlanishga yordam beradi. Qushlarning Dum qismi qisqa bo’lib, unga boshqaruv patlari birikkan. Sut emizuvchi hayvonlar (maymunlar, opossum, ayrim chumolixo’rlar) Dumi daraxt shoxlariga ilashish, sakrovchi hayvonlar (kenguru, qo’shoyoq, yer tovushqoni) da Dum tayanch va boshqaruv yoki parashyut (Olmaxon, tyin) vazifasini bajaradi. Kitsimonlarning kalta Dumida suzgichlari joylashgan. Bir qancha sut emizuvchilar (odamsimon maymunlar) Dumi yo’qolib ketgan. Ko’p hollarda umurtqasiz hayvonlar tanasining keyingi qismi yoki o’simtasi ham Dum deyiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz