Dultsimer
Dultsimer — tsitraga oʻxshash boʻlgan torli cholgʻu asbobi. Koʻpincha u 3-4 torga ega, grif sozlarga boʻlinadi. Taxminan 1900-yildan beri maʼlum boʻlib, Shimoliy Amerikadagi Appalachi togʻlarida paydo boʻlgan.
Garchi bu asbob asosan Irlandiya va Shotlandiyaliklar joylashgan hududida paydo boʻlgan boʻlsa-da, Irlandiya yoki Shotlandiya xalq cholgʻu asboblari orasida unga oʻxshashlari yoʻq. Biroq, bir nechta shunga oʻxshash asboblar kontinental Evropada maʼlum.
Dultsimerning ovozi nozik, yumshoq, metalikdir. Baʼzan tovush qoʻngʻiroq, chirsillash kabi tasvirlanadi.
Asbobni bir nechta uslubda chalish mumkin. Odatda torni gorizontal holda tizzaga yoki taglikka qoʻyib chalinadi, torlar bir qoʻl bilan grifga bosiladi, ikkinchi qoʻl bilan torlar qisilib, tovush chiqariladi. Baʼzan ular barmoqlar bilan emas, balki mediator yoki qalam bilan qisiladi. Vibrato usuli keng qoʻllaniladi.
Asbobning turli xil variantlari:
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org