DULO



DULO — qadimgi turkiy bulg’orlar (protobolgarlar) urug’i. Dunaybo’yi Bulg’oriyasi tashkil etilgunga qadar ma’lum bo’lgan qadimgi xonlar sulolasi Dulodan boshlangan. Birinchi bulg’or podsholigi vujudga kelgan paytdan e’tiboran (681 yil) uning vakillari 739 yilgacha mamlakatni idora etgan. Sulolaning mashhur namoyandalari — Kubratxon (584-642), Asparux (643-701), Tervel (701-718).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz