Duldulatlagan




Duldulatlagan  – Amudaryo havzasidan 2056 km uzoqlikda va janubiy Xorazm hududidagi Tuya-Moʻyin darasidan bir oz balandroqda joylashgan, hududdagi qattiq togʻ jinslaridan tashkil topgan, shu hududga xos boʻlgan dara, tepalik. Daraning uzunligi 1 km boʻlib, ushbu dara chegarasida 358 metrgacha boʻlgan masofada Amudaryo kanali bilan kesishadigan joyga ega.

Dara xorazmliklar orasida juda mashhur boʻlib, bir qancha nomlarga ega:

Duldulatlagan (Aliya ibn Abu Tolibning jangovar oti Duldul sakrab oʻtgan joy) sifatida mashhur va bu haqida koʻplab asarlarga bitilgan.

11-asrda tilga olingan „Dahan-i-Sher“ (arabcha: sherning ogʻzi) va Beruniy arab tilidan tarjima qilgan „Famm al-Assad“ (arabcha: فم الاسد) kabi asarlarda ushbu dara nomini ishlatishgan.

Bu nom Xorazm aholisi orasida „Dona-Sher“ tarzida ham keng tarqalgan.

Beruniy bu daraning uchinchi nomini „Sekr esh-Shaytan“ (arabcha: ساکر الشیطان‎) – „shaytonning toʻgʻoni“ deb oʻz tarjima asarida keltirib oʻtgan. Uni Beruniy, xuddi oldingi kabi, arabcha tarjimada bergan va shuning uchun uning mahalliy mashhur nomini qayta tiklash qiyin. Bizningcha, „Sekr esh-shaytan“ soʻzining maʼnosi „Jigarband“ nomi bilan, yaʼni Jigar toʻgʻoni bilan bogʻliqdek tuyuladi. Oxirgi soʻz xalq etimologiyasida „jigar“ (majoziy maʼnoda – ona, ruh va hkz) deb talqin qilinadi. Biroq ushbu dara nomining asl maʼnosi koʻplab asarlarda ifodalanganligiga qaramay hozirgacha noaniq qolmoqda.

Hozirda 390 metrlik osma koʻprik daradan, Buxoro – Ural gaz quvuri kesishmasidan oʻtkazilgan boʻlib, unda avtotransport yukini koʻtarish imkoniyati yaratilgan..

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz