DULBEKKO (DULBECCO) RENATO



DULBEKKO (DULBECCO) RENATO (1914) — amerikalik virusolog. Millati italyan, 1947 yildan AQSh da. Tarkibida dezoksiribonuklein kislota (DNK) bo’lgan onkogen viruslarning normal hujayralar bilan o’zaro ta’sirlashish mexanizmini tadqiq qildi. Viruslar DNK si xujayra genomlarida joylashib, uning tarkibiy qismiga aylanib ketishini tajribada birinchi bo’lib isbotlab berdi. 8V40 virusining ts — mutanti xususiyatini aniqladi (1973). Nobel mukofoti laureati (1975).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz