DUKKAKDOSHLAR



DUKKAKDOSHLAR, dukkaklilar (Fabaceae, Leguminoasae) — ikki pallali o’simliklar oilasi (ko’p yillik va bir yillik o’tlar, chala butalar, butalar, lianalar va daraxtlar), 500 dan ortiq turkum, 12000 turni o’z ichiga oladi. Yer yuzining hamma o’lkalarida keng tarqalgan. Ayrim sistematikalarda Dukkakdoshlar 3 kenja oilaga — mimozadoshlar (Mimosaceae), tsezalpindoshlar (Caesalpiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaceae yoki Fabaceae) ajratilgan. Ko’p turlari dehqonchiliqda yetishtiriladi. Barglari murakkab, pat shaklli (juft yoki toq), 3 bo’lakli yoki panjasimon. Barglari asosida turli shakl va kattalikda yon bargchalari bor. Mevasi bir uyali, bitta mevabargdan tashkil topgan dukkak. Yakka yoki to’pgulga yig’ilgan. Gulqo’rg’oni 4-5 bo’lakli, kosacha va gultojga bo’linadi. Gultoji egri-bugri, 5 tojbargdan iborat: 1 yirik (elkan), 2 o’rtacha (eshkak) va 2 kichikroq kemacha hosil qiladi. Changchisi 10 ta, ba’zan 9-5 ta, odatda, 9 tasi iplar bilan birikkan bo’lib, bittasi erkin bo’ladi. Urug’chisi bitta, usti tugunchali. Dukkakdoshlarning barcha turlari o’simlikni azot bilan ta’minlovchi azot to’plovchi mikroorganizmlar bilan simbioz holatda yashaydi. Shuning uchun ham dukkakli don ekinlari boshqa ekinlar uchun eng yaxshi o’tmishdosh hisoblanadi. Dukkakdoshlar qimmatbaho oziq-ovqat, texnika, ozuqabop hamda manzarali o’simliklardir. Dukkakli don ekinlari xalq xo’jaligi uchun kata ahamiyatga ega, doni oqsil (masalan, no’xat, soya, yasmiq va hokazolar), kraxmal va moyga boy (soya, eryong’oq va boshqalar). Sug’orma dehqonchilikda Dukkakdoshlarda eng qimmatlilari ko’p yillik va bir yillik ekinlar hisoblanadi. Masalan, beda g’o’za-beda almashib ekishning asosiy ekini. Ayrim turlarining po’sti hamda yog’ochlik qismida qimmatli texnik moddalar — gummi, balzam, smolalar bor. Dukkakdoshlardan drok (sariq gulli dukkakli cho’l o’simligi), indigo va boshqalardan bo’yoqlar olinadi. Ayrim Dukkakdoshlar — akatsiya, ko’k no’xat, pechakgul, bo’ridukkak manzarali, ba’zilari esa — shirinmiya yoki qizilmiya, termopsis, sano, Kassiya va boshqa dorivor o’simliklardir. Dukkakdoshlarning ko’pchilik turlari zaharli, o’zida har xil alkaloidlar hamda glikozidlar to’playdi. Ad.: Sahobiddinov S. S, O’simliklar sistematikasi. T., 1969; Hamidov A., Nabiyev M., Odilov T., O’zbekiston o’simliklari aniqlagichi, T., 1987. Qo’ziboy Dushamov.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Sun'iy intellekt javobi:

DUKKAKDOSHLAR

Dukkakdoshlar — o‘simliklar dunyosiga mansub bo‘lib, ko‘p yillik yoki yillik o‘t o‘simliklari, ba’zan butalar va daraxtchalar bo‘lib, dukkak (meyva) hosil qiladigan o‘ziga xos guruhdir. Bu guruh O‘simliklar olamidagi muhim turlariga kiradi va asosan yirik tarmoqli oila bo‘lgan dukkakdoshlar oilasiga (Fabaceae) mansub.

Umumiy tavsifi:

Tavsifi:

Ekologik va iqtisodiy ahamiyati:

Mashhur dukkakdosh o‘simliklar:

Xulosa:

Dukkakdoshlar o‘simliklar dunyosida nafaqat ko‘plab turi va o‘ziga xos meva turi bilan ajralib turadi, balki qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati hamda ekologik muhitni yaxshilashda ham muhim ahamiyatga ega. Ular azot fiksatsiya qilish xususiyati tufayli tuproq unumdorligini oshirishda keng qo‘llaniladi va inson qurqilikda oziq-ovqat zanjirining asosiy qismi hisoblanadi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz