DUKKAK



DUKKAK — dukkakdoshlar mevasi; bitta urug’chibargdan hosil bo’ladi. Ko’pincha yuqorisidan pastgacha ikkita chok bilan ochiladi (no’xat, loviya va boshqalar), ba’zi turlarida ochilmaydi (qashqarbeda, sebarga, yeryong’oq). Yeryong’oqning dukkagi tuproq ichida etiladi. Dukkakda ko’pincha bir nechta urug’bo’lib, urug’ bandchalari bilan qorin chokiga birikadi. Dukkakning kattaligi, shakli va tuzilishi har xil: ko’pchilik turlarda to’g’ri, yassi (no’xat, loviya va boshqalar), boshqalarida dumaloq, spiralsimon (beda). Ayrim tur o’simliklardan Dukkak bir urug’li bo’laklarga bo’linadi. Yovvoyi dukkakli o’simliklarning Dukkak tez buralib ochiladi va urug’lari sochilib ketadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz