DUKIRLAR



DUKIRLAR, Kokildor antilopalar— quvushshoxlilar oilasiga mansub sut emizuvchilar 2 ta urug’ining umumiy nomi. Tanasining uzunligi 55-145 santimetr, og’irligi 4-80 kilogramm. Urg’ochisi erkagiga nisbatan yirikroq. Boshida bir tutam uzun yungi va bir juft kalta konussimon shoxi bor. Kokildor, ya’ni o’rmon Dukirlari urug’iga 15 tur, butazor Dukirlari urug’iga 1 tur kiradi. Afrikaning sahroi Kabirdan Janubroqdagi pasttekisliklari va tog’laridagi o’rmon va butazorlarida yashaydi. Barg va mevalar, ba’zan hasharotlar, qushlar va hayvonlarning o’limtiklari bilan oziqlanadi. Ovlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz