DUKENTSOY
DUKENTSOY – Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi soy. Ohangaron daryosining o’ng irmog’i. Chatqol tizmasidagi Muzbel dovonining Janub yon bag’irlaridan oqib tushuvchi 60 dan ziyod irmoqning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Yuqori oqimida (chap irmog’i — Chiltonsoy quyiladigan joygacha) Olatangi, so’ng Dukentsoy deb ataladi. Uzunligi 33 kilometr, havzasining maydoni 242 kilometr kvadrat. Dukentsoy qoryomg’ir va buloq suvlaridan to’yinadi, o’rtacha ko’p yillik suv sarfi 3,41 metr kub/ sekund, o’rtacha loyqaligi 120 gramm/metr kub. Dukentsoy yillik oqimining 70-80% mart—iyunda oqib o’tadi. Yozning 2-yarmi, kuz oylarida esa suvi 0,30 metr kub/sekundgacha kamayadi. Dukentsoydan aprel-mayda ko’pincha sel keladi, suv sarfi sekundiga 56 metr kubgacha ortadi. Qishda ko’pincha muzlaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz