DUKAT (lotincha ducatus — gersoglik) — qadimgi kumush va oltin tanga (ba’zan, tsexin yoki Florin deb ham atalgan). G’arbiy Yevropaning bir qancha mamlakatlarida muomalada bo’lgan. Dukat dastlab Venesiyada (1140), keyinchalik ko’pgina g’arbiy Yevropa mamlakatlarida zarb etilgan. 1559— 1857 yillarda Germaniya va Avstriyaning davlat puli hisoblangan. Og’irligi 3,44 gramm atrofida. Gollandiyada 1875 yilgacha, Avstriya-Vengriya 20-asr boshlarigacha muomalada bo’lgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish