Dukantsoy




Dukentsoy  — Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi soy. Ohangaron daryosining oʻng irmogʻi. Chatqol tizmasidagi Muzbel dovonining janubiy yonbagʻirlaridan oqib tushuvchi 60 dan ziyod irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Yuqori oqimida (chap irmogʻi — Chiltonsoy quyiladigan joygacha) Olatangi, soʻng Dukentsoy deb ataladi. Uz. 33 km, havzasining mayd. 242 km. Dukentsoy qoryomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi, oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 3,41 m3/sek, oʻrtacha loyqaligi 120 g/m3. Dukentsoy yillik oqimining 70—80% mart—iyunda oqib oʻtadi. Yozning 2-yarmi, kuz oylarida esa suvi 0,30 m3/sek gacha kamayadi. Dukentsoydan aprel-mayda koʻpincha sel keladi, suv sarfi sekundiga 56 m3 gacha ortadi. Qishda koʻpincha muzlaydi.

Adabiyot




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz