DUGOH (forscha — ikki joy, ikki parda, ikki payt) — 1) o’n ikki makom tizimidagi sho’ba nomi. Dastlab butun ton (204 tsent) oralig’ida joylashgan ikki tayanch pardali ohang ifodasi bo’lib, mazkur tizimdagi Husayniy, Hijoz kabi mukammal (7 pog’onali) tovushqatorlar asosida rivojlantirilgan. Keyinchalik Husayniy maqomining tovushqatoriga singib ketishi natijasida “maqom” nomi bilan yuritila boshlangan; 2) Shashmaqom va Xorazm maqomlari turkumlarida 4 – mustaqil makom nomi. Fartna—Toshkent makomlariaa Dugoh Husayniy I—VII ashula yo’llari, shuningdek, surnay Dugohi, Mushkiloti Dugoh kabi cholg’u yo’llari mavjud.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish