DUG’LAT



DUG’LAT — qadimgi turkiy qavmlardan biri. Bular 13-asrda Chig’atoy ulusining Sharqiy mintaqalarida yashovchi yetakchi qabilalardan bo’lgan. Dug’latlar Sharqiy Turkistonda, Issiqko’lning Janubda, Farg’ona vodiysining shimol rayonlarida ko’chib yurganlar. Asosiy mashg’uloti chorvachilik bo’lgan. Mo’g’uliston davlatiga itoat qilmagan Dug’latlar o’z mustaqilliklari uchun betinim kurashib, 1427— 28 yillarda Qashqarni egallaydi va bu viloyatni to 16-asrning 1-choragigacha mustaqil idora qiladi. Zahiriddin Muhammad Boburning onasi qutlug’ Nigor xonim va “Tarixiy Rashidiy” muallifi Mirzo Muhammad Haydar Dug’latdan bo’lganlar. 15-16-asrlar davomida Dug’latlar bir qancha guruhlarga bo’linib ketgan. Ular Farg’ona, Toshkent, Samarqand, Qorategin va Hisor viloyatlariga kelib joylashgan. Dug’latlar hozirda o’zbek, qozoq va qirg’iz xalqlari tarkibiga singib ketgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz