DUGGA
DUGGA — Tunisdagi qadimgi me’moriy yodgorliklar saqlangan shahar, miloddan avvalgi 4-asrda finikiyaliklar shahri nomi bilan mashhur bo’lgan. Miloddan avvalgi 2-asrda yuksak darajada rivojlanib, hashamatli shahar devorlari xarobalari, Ateban maqbarasi (miloddan avvalgi 200 yil, me’mori karfagenlik Abarish; murabba tarxli, balandligi 21 metrga yaqin, 3 qatlamli minora tepasi piramidasimon shaklda tugallangan), Rim hukmronligi davri (miloddan avvalgi 46 yil) da esa Kapitoliy forumi xarobalari, Lisiniy termi (miloddan avvalgi 260 yil, 370 yilda qayta qurilgan; koshin bilan bezatilgan), 3 ming tomoshabinga mo’ljallangan teatr (miloddan avvalgi 168-169 yil, diametri 63 metr), tsirk (miloddan avvalgi 224 yil), Sever Septimiy (miloddan avvalgi 205 yil) va Sever Aleksandr (miloddan avvalgi 226 yil) zafar arki, turar joy, qubbasimon tsistern, Tanit (yoki yunonliklar) ibodatxonasi (miloddan avvalgi 222-223 yillar), puniyaliklar an’analari asosida qurilgan binolar saqlangan. Duggadagi qurilishlarda asosan toshdan foydalanilgan, ko’p qismi haykal va koshin bilan bezatilgan. Hozir Duggada Bardo milliy muzeyi tashkil etilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz