DUDUQLANISH — tutilib gapirish; nutq maromining buzilishi, harf va bo’g’inlarni tutilib-tutilib yoki bir necha marta qaytarib talaffuz qilish. Ko’proq bolalarda uchraydi. Tug’ma irsiy omillar (alkogolizm, giyohvandlik), ko’pincha qo’rqish, hayajonlanish (kamdan-kam hollarda taqlid qilish), homiladorlik davridagi turli zararli illatlarning homila jismiga ta’siri, ba’zan go’daklikda endi nutq shakllanayotganda ruhiy kasalliklar bilan og’rish, bosh miya shikastlari va boshqa kasalliklar sabab bo’ladi. Ayrim hollarda duduq bolaning beixtiyor qo’l, oyoqlari qimirlab, yuz muskullari uchib turadi. Duduqlar uyalganda, hayajonlanganda ko’proq tutilib qoladi. O’z vaqtida to’g’ri davo qilinmasa, bola maktabga borganida Duduqlanish yanada kuchayadi, ayniqsa, o’smirlar Duduqlanishdan uyalib, kam gapirishga, o’z fikrlarini bosh va qo’l harakati bilan tushuntirishga intilishadi. Duduqlanish yosh ulg’aygan sari kamayib boradi, ba’zan Duduqlanish umrbod saqlanib qoladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish