DUBROVNIK RESPUBLIKASI
DUBROVNIK RESPUBLIKASI — o’rta asrlarda muhim rol o’ynagan aristokratik shahar Respublikasi. Adriatika dengiz sohilida joylashgan. Dubrovnik shahri (respublika markazi) ni, Dalmasiyaning sohil bo’yi qismini, Mlet, Lastovo orollari va boshqalarni o’z ichiga olgan. Dubrovnik respublikasi Vizantiya (1205 yilgacha), Venetsiya (1358 yilgacha), Vengriya (1526 yilgacha), Turkiya (19-asr boshlarigacha)ning vassali bo’lsada, amalda 13-asrning 2-yarmidan mustaqil bo’lgan. 1806 yilda Dubrovnik respublikasini Frantsiya bosib olib, respublikani bekor qilgan (1808 yil), hududini Illirii viloyatlari tarkibiga kiritgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz