DUBNA — Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatidagi shahar (1956 yildan). Dubna daryosining Volga daryosiga quyilish yeriga yaqin joyda, Moskva shahridan 128 kilometr shimolda. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 67,4 ming kishi (1992). Xalqaro Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti bor. Dubnadan Moskva nomidagi kanal boshlanadi (katta Volga pristani). Ivankovo GES ishlab turibdi. 1960 yildan Dubna tarkibiga Ivankovo shahri ham kirgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish