DROGOBICH



DROGOBICH — Ukrainaning Lvov viloyatidagi shahar. Tismenisa daryosi bo’yida, Karpat tog’lari etagida. Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. Aholisi 79 mingdan ziyod kishi (1990- yillar o’rtalari). Neftni qayta ishlash, mashinasozlik va metallsozlik (avtomobil kranlari, gaz apparaturalari va boshqalar ishlab chiqariladi), konchilik, kimyo, yog’ochsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari, pedagogika instituti, oliy va maxsus o’rta o’quv yurtlari, teatr, o’lkashunoslik muzeyi bor. Drogobich atrofidan neft qazib olinadi. Drogobich shahar sifatida 1238 yildan ma’lum. Roman minorasi (14-asr boshlari), gotika kostyoli (15-asr). Vozdvijene (17-asr) va avliyo yura yog’och cherkovlari saqlangan. 1952 yil temir yo’l vokzali qurilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz