DROBOV VASILIY PETROVICH
DROBOV VASILIY PETROVICH (1885.30.7 — 1956.27.8, Toshkent) — botanik olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1945), biologiya fanlari nomzodi (1938), professor (1920), 1918 yilda O’rta Osiyo universitetini tashkil etishda qatnashgan. Universitet (1920-30) va Toshkent qishloq xo’jalik instituti botanika kafedrasining mudiri (1930-56). O’rta Osiyo bo’ylab o’tkazilgan ko’p ekspeditsiyalarda qatnashgan. O’rta Osiyo, ayniqsa, O’zbekiston qumloklari, qum va to’qay o’simliklarining genezisini va dinamikasini aniqlagan. 82 yangi o’simlik turini topgan. “O’zbekistan florasi”ni tuzishda ishtirok etgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz