Driopiteklar




Driopiteklar (Dryopithecinae) — qirilib ketgan odamsimon maymunlar kenja oilasi. D.ning skelet qoldiqlari (asosan tishlari, jagʻlarining siniqlari, baʼzan bosh suyagi va qoʻloyoqlar skeleti) miotsen va ilk pliotsen yotqiziqlaridan Gʻarbiy Yevropa, Jan. Osiyo va Sharqiy Afrikada topilgan. Ayrim D.da gorilla va shimpanzenikiga oʻxshash belgilar paydo boʻla boshlagan. Koʻpchilik olimlarning fikricha, D. kam ixtisoslashgan chala maymunlar hisoblanadi. Ularga hozirgi Afrika odamsimon may-munlari sifatida qarash mumkin. Ular orasida qoldiqlari Oʻrta dengiz choʻkindilari (Avstriya)da topilgan darvin driopitegi (Dryopithecus darvini) boshqalariga nisbatan odamga eng yaqin turadi.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz