Drezden Elba Vodiysi
Drezden Elba vodiysi — Germaniyaning Saksoniya shtatining poytaxti Drezden shahridagi Elba daryosi boʻylab choʻzilgan madaniy landshaft va sobiq Jahon merosi obyekti hisoblanadi. Drezden havzasidan taxminan 20 kilometr (12 mil) oʻtib, Markaziy Yevropaning Elba daryosi va uning quyi oqimidagi Dessau-Vörlits bog'i bilan birga asrlar davomida qurilgan, ikkita yirik madaniy landshaftlardan biridir.
Manzarali va meʼmoriy qadriyatlari, jumladan Drezden shahar hududi, shuningdek, tabiiy daryo qirgʻoqlari va yon bagʻirlari bilan Elba vodiysi 2004-yilda UNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Biroq, 2006-yil iyul oyida u Xavf ostidagi Jahon merosi roʻyxatiga kiritildi va nihoyat 2009-yil iyun oyida Waldschlösschen koʻprigi qurilishi sababli Butunjahon merosi roʻyxatidan chiqarib yuborilgan.
Tavsif
Madaniy landshaft janubi-sharqdagi Loschwits tumanidan shimoli- gʻarbda joylashgan Ostragehege tekisliklarigacha choʻzilgan Elba daryozi meanderlari boʻylab Drezden shahar hududini oʻz ichiga oladi. Lusatian platosining oʻrmonli Elba yon bagʻirlari va shimoli-sharqdagi Drezden-Heath togʻlari vodiyni qattiq shamollardan himoya qiladi; oʻrtacha yillik harorat 9,3 °C dan 10 °C gacha boʻladi, hududda hatto uzumchilik (Sakson vinosi) rivojlangan. Elba qirgʻoqlari yam-yashil oʻtloqlar (Elbwiesen) bilan ajralib turadi, ular muntazam ravishda sodir boʻlgan suv toshqinlari tufayli hamisha yam-yashil tusda boʻlgan. Landshaft 1992-yilgi Yevropa Ittifoqining yashash joylari boʻyicha direktivasiga, koʻra tabiatni muhofaza qilish zonasi hisoblanadi, shuningdek, koʻplab kichikroq muhofaza qilinadigan hududlar (Naturschutzgebiete) ham shular jumlasidandur.
Elba vodiysidagi aholi punktlari va meʼmorchiligi Uygʻonish davridan beri Drezdenning Sakson qarorgohi sifatida rivojlanib kelgan. Frauenkirche, Semperoper, Tsvinger, Drezden qal’asi va Drezden sobori, Sakson saylovchilari va qirollarining katolik sud cherkovi, Vis-à-vis oʻng qirgʻogʻida Innere Noustadt tumani boʻlib, Davlat kantsleri binosi va Yapon saroyi atrofida hukumat qarorgohi joylashgan. New sinagoga yoki Sakson landtagi kabi yaqinda qurilgan binolar manzarani boyitadi. Blasewitz kabi hududning bir qismi shaharning tarixiy chekka hududlari boʻlib, sanoat tumanlari ham mavjud.
Butunjahon merosi maqomi bekor qilingan
Vodiy boʻylab toʻrt qatorli Waldschlösschen koʻprigini qurish rejalari koʻpgina baxslarga sabab boʻldi. 2006-yilda UNESCOning Butunjahon merosi qoʻmitasi Drezden Elba vodiysini xavf ostidagi Jahon merosi roʻyxatiga kiritdi va uni Jahon merosi roʻyxatidan olib tashlanishi mumkinligini eʼlon qildi. Qoʻmita rasmiy veb-sayti maʼlumotlariga koʻra, „Elba boʻylab koʻprik qurish rejalari mulk landshaftining yaxlitligiga shu qadar jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkinki, u endi Jahon merosi roʻyxatidan chiqarib tashlash mumkin“ deb qaror eʼlon qilingan va shu hulosalarga koʻra uni Jahon merosi roʻyxatidan olib tashlashga qaror qildi.
Koʻprik 2005-yilda referendumda tasdiqlangan boʻlsa-da, shahar kengashi 2006-yil 20-iyulda koʻprikni qurish boʻyicha shartnomalar boʻyicha tender taklifini toʻxtatishga qaror qildi, sababi mazkur hududga yaqin joyda qirilib ketayotgan kichik taqaburun koʻrshapalaklarining Germaniyadagi barcha 650 tasi yashashi aniqlangandi. Germaniya sudlari 2007-yilning noyabrida qurilishni qayta tiklanish mumkinligi haqida qaror qabul qildi.
2008-yil iyul oyida UNESKOning Butunjahon merosi qoʻmitasi qurilish toʻxtatilishi va landshaftning yaxlitligini tiklash umidida Drezden Elba vodiysini Jahon merosi roʻyxatida saqlashga qaror qildi. Aks holda, mulk 2009-yilda Jahon merosi roʻyxatidan oʻchirilishi maʼlum qilindi.
2009-yil iyun oyida Sevilyadagi UNESCO yigʻilishida Jahon merosi qoʻmitasi Drezden Elba vodiysining Butunjahon merosi ob’ekti sifatidagi maqomini bekor qilish toʻgʻrisida (14 ovozga qarshi 5 ovoz va 2 betaraflik) qarorni qabul qildi.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org