Dreyze haykali
Dreyze haykali — Tyuringiy yerining Zyommerda shahridagi nemis qurol ustasi, ignali otish quroli tizimi ixtirochisi Iogann Nikolaus fon Dreyze sharafiga oʻrnatilgan.
Yodgorlik muallifi haykaltarosh Vilgelm Wandshnayder. Tantanali ochilish 1909-yil 20-noyabrda boʻlib oʻtdi.
1864, 1866 va 1870/71-yillardagi urushlar qurbonlar xotirasiga qoʻyilgan
Dreyze harbiy memoriali sifatida tanilgan.
Yodgorlik Birinchi va Ikkinchi jahon urushlaridan omon qolgan. 1945-yilda mahalliy antifashistik qoʻmita yodgorlikni buzishni talab qildi. Qaror qabul qilish uchun 1946-yil may oyidagi „fashistik“ va „militaristik“ yodgorliklarni, kolleksiyalarni va boshqalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi qaror asos boʻlgan. 1947-yil yanvar oyida monument vayron qilingan. Bugungi kungacha faqat yodgorlikning poydevori va Dreyze haykalining boshi saqlanib qolgan.
Tavsif
Bronzadan yasalgan yodgorlik qoʻsh haykal boʻlib, bu yodgorliklar uchun juda kam uchraydigan hodisa. Qisman charm fartuk bilan qoplangan sandonda oʻtirgan Nikolaus fon Dreyse oʻzining ixtirosi — ignali miltigʻini yonida turgan va poxod formasini kiygan prussiyalik askarga tushuntirmoqda. Guruh silliqlangan kulrang granitdan yasalgan tekis toʻrtburchak asosda turardi. Asos bezakli gʻishtdan qilingan. Haykalning balandligi ikki metrdan sal koʻproq, umumiy balandligi taxminan toʻrt yarim metr edi.
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org