DREYK BO’G’OZI



DREYK BO’G’OZI — olovli yer arxipelagi va Janub Shetlend orollari oralig’ida joylashgan. Atlantika okeanini tinch okean bilan bog’laydi. Uzunligi 460 kilometr; dunyodagi eng keng bo’g’oz (1120 kilometrgacha). Chuqurligi 5249 metrgacha (eng sayoz joyi 276 metr). Kuchli bo’ronlar bo’ladi. Qish oylarida Janub qismi muz bilan qoplanadi; yozda aysberg (muztog’) ko’p. Bo’g’oz o’sha joydan 1578 yilda suzib o’tgan ingliz dengizchi sayyohi F. Dreyk nomi bilan atalgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz